XONQA TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI RAHBARIYATI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

XONQA TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI RAHBARIYATI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

XONQA TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI RAHBARIYATI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2026-yil 24-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xonqa tuman tibbiyot birlashmasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
       Uchrashuvda Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U. Abdullayev hamda boshliqning davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari X. Ro‘zibayev yoshlar bilan muloqot qilib, ularning murojaatlari, taklif va tashabbuslarini tingladilar.
     Muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlarni belgilangan tartibda o‘rganish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda ilgari surilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
      Uchrashuv yakunida yoshlar murojaatlari bilan ishlash, ularni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
      Yoshlar bilan ochiq muloqot, ularning muammolariga o‘z vaqtida yechim topish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda!
15-10-2026, 17:42
Sahifaga qaytish