


Pensiya tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan farmon loyihasi bo‘yicha tushuntirish yig‘ilishi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimini zamonaviy talablar asosida yanada takomillashtirishga qaratilgan Farmon loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasi portali — regulation.gov.uz da jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Mazkur Farmon loyihasining mazmun-mohiyati, unda belgilangan yangiliklar hamda pensiya ta’minoti tizimida nazarda tutilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan Xonqa tuman Pensiya jamg‘armasining mas’ul xodimlari Sh. Nurov va A. Safarov tomonidan Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi boshqaruv xodimlari ishtirokida seminar-tushuntirish yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishni Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi rahbari U. Abdullayev ochib, pensiya tizimidagi mazkur yangiliklardan tibbiyot birlashmasi boshqaruv xodimlarini xabardor qilish, shuningdek, olingan ma’lumotlarni tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga yetkazish muhimligini ta’kidladi.
Tadbir davomida mas’ul xodimlar tomonidan Farmon loyihasida nazarda tutilgan asosiy yangiliklar va o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilarning mavzuga oid savollariga mas’ul xodimlar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish yakunida Farmon loyihasida belgilangan yangiliklarni tibbiyot tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarga keng tushuntirish, ularni mazkur o‘zgarishlardan xabardor qilish hamda jamoatchilik muhokamasida faol ishtirok etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi