9 may — Xotira va qadrlash kuni

9 may — Xotira va qadrlash kuni

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xonqa tuman tibbiyot birlashmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda urush va mehnat faxriylari, shuningdek, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan faxriy tibbiyot xodimlari e’zoz va ehtirom bilan yodga olindi. Ularga bayram munosabati bilan estalik sovg‘alari topshirilib, ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun minnatdorlik bildirildi.

Shuningdek, tadbir davomida xotira va qadrlash, tinchlikning beqiyos ahamiyati, Vatanga sadoqat hamda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ma’ruzalar va suhbatlar tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda keksa avlod va faxriylarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tiborni alohida ta’kidlab o‘tishdi.

8-05-2026, 10:29
Sahifaga qaytish