Davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasi rejimiga o‘tkazildi

Davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasi rejimiga o‘tkazildi


Davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasi rejimiga o‘tkazildi

Prezidentimizning 2025 yil 9 noyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarorida shu yil 1 apreldan davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi 5 kunlik ish haftasiga o‘tkazilishi belgilangan.  (https://lex.uz/docs/7821920)

Bunda shifo maskanlari faoliyatining uzluksizligini ta’minlash uchun bayram va dam olish kunlari navbatchilik asosida ishlash yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. 

Ushbu hujjat ijrosi doirasida kuni kecha Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Davlat tibbiyot muassasalarida besh kunlik ish haftasini tashkil etishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi. 

Unga ko‘ra 2026 yil 1 apreldan:

 

Poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlarida ish vaqti:dushanba–juma: 08:00–20:00; shanba: 08:00–14:00 (navbatchilik).

Sog‘liqni saqlashning yangi modeli joriy etilgan hududlarda:

Navbatchilik vazirlikning 254-son buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. Ish haqi saqlanadi, kamaytirilmaydi. Ichki hujjatlar va mehnat shartnomalari qayta rasmiylashtiriladi.

Statsionarlarda navbatchilik doimiy tashkil etiladi. Smena va navbatchilik adolatli taqsimlanadi. 

2-04-2026, 17:45
Sahifaga qaytish