Xonqa tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Markaziy shifoxonada ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Xonqa tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Markaziy shifoxonada ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2026 yil 28 fevral kunidagi 29-sonli yig‘ilish bayoni qarorining 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 28 mart kuni soat 09:30 da Xonqa tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Markaziy shifoxonada ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv mashqi “Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida ko‘p sonli jabrlanganlarni evakuatsiya qilish, ularni tibbiyot muassasasiga qabul qilish va tibbiy yordam ko‘rsatish harakatlari” mavzusida tashkil etildi.

O‘quv mashqi davomida:

 • favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish,

 • jabrlanganlarni to‘g‘ri saralash (triaj),

 • ularni shifoxonaga o‘z vaqtida yetkazish,

 • shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish,

 • tibbiyot xodimlarining o‘zaro hamkorlikda ish olib borishi

kabi muhim jarayonlar amaliy tarzda sinovdan o‘tkazildi.

Tadbirda mas’ul tashkilotlar va tibbiyot xodimlari faol ishtirok etib, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar.

Mazkur o‘quv mashqi favqulodda vaziyatlarda aholiga tezkor va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.


28-03-2026, 14:04
Sahifaga qaytish