Yangi tibbiy tashabbuslar shoshilinch tibbiy yordam tizimini modernizatsiya qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirishga qaratilgan.

Yangi tibbiy tashabbuslar shoshilinch tibbiy yordam tizimini modernizatsiya qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirishga qaratilgan.

    

Yangi tibbiy tashabbuslar shoshilinch tibbiy yordam tizimini modernizatsiya qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirishga qaratilgan.

            O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026 yil boshida sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi va ularni ma’qulladi. Mazkur takliflar asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:

“Infarkt va insultga qarshi kurashish” milliy dasturi:

• 1 maydan ayrim hududlarda, 2027 yildan esa barcha hududlarda joriy etiladi; 

• 30 yoshdan oshgan aholi orasida xavf guruhlari aniqlanib, maqsadli tibbiy tekshiruvlar o‘tkaziladi; 

• “Oltin soat” tamoyili xalqaro standartlar asosida amaliyotga tatbiq etiladi. 

Shoshilinch tibbiy yordamni kuchaytirish:

• tez yordam brigadalari telemetrik EKG va monitorli defibrillyatorlar bilan ta’minlanadi; 

• EKG natijalarini sun’iy intellekt orqali tahlil qilish va real vaqt rejimida uzatish yo‘lga qo‘yiladi; 

• statsionar muassasalarda insultni sun’iy intellekt asosida tashxislash imkoniyati yaratiladi. 

Dori-darmon va infratuzilma:

• shifoxonalar tromb erituvchi dori vositalari va zarur tibbiy materiallar bilan ta’minlanadi; 

• nodavlat tibbiyot tashkilotlari shoshilinch xizmatlarga jalb etiladi, ayrim xizmatlar Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali moliyalashtiriladi. 

 

Raqamlashtirish va profilaktika:

• “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimida bemorlar va xavf guruhlarining elektron reyestri yuritiladi; 

• “Qon mahsulotlari elektron hisobi” axborot tizimi joriy etiladi; 

• ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali tushuntirish ishlari olib boriladi; 

• maktablar, korxonalar va mahallalarda seminar-treninglar tashkil etiladi; 

• “FAST Heroes” dasturi doirasida o‘quvchilar uchun mashg‘ulotlar o‘tkaziladi; 

• har yili 29 sentabr va 29 oktabr kunlari bepul tibbiy ko‘rik aksiyalari o‘tkaziladi. 

 

Qon donorligi:

• donorlik soni 1 milliontaga, qon zaxirasi 450 ming litrga yetkaziladi; 

• beg‘araz qon donorlari soni 900 ming nafarga oshiriladi. 

 

Moliyalashtirish:

• 2026 yilda — 239 mlrd so‘m, 2027 yildan boshlab — 280 mlrd so‘m; 

• 2026–2030 yillarda jami 1,75 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi. 

 

Onkologiya sohasi:

• respublika onkologiya markazi va uning filiallari uchun 5,6 mln dollarlik uskunalar xarid qilinadi; 

• qo‘shimcha 10 mln dollar hisobidan laboratoriyalar jihozlanadi. 

    Mazkur takliflar asosida tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilgan.

27-03-2026, 11:47
Sahifaga qaytish