Navro'z - umumxalq bayrami

Navro'z - umumxalq bayrami

Navro‘z – umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda

       Xonqa tumanidagi Xojixon Boltaev nomidagi istirohat bog‘ida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari ham faol ishtirok etish uchun tashrif buyurdilar.

      Bayram davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz keng targ‘ib qilinib, ishtirokchilar uchun ko‘tarinki bayramona muhit yaratildi. Turli madaniy chiqishlar, milliy taomlar va xalqona an’analar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

      Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari ham bayram tadbirida faol qatnashib, aholi bilan birgalikda Navro‘z shodiyonalarini nishonladilar. Ushbu bayram xalqimizni yanada birlashtirib, mehr-oqibat, hamjihatlik va do‘stlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.


17-03-2026, 13:54
Sahifaga qaytish