3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni

3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni

Har yili 3 dekabr butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu sana imkoniyati cheklangan insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun qulay sharoit yaratish va jamiyatda teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan muhim maqsadga ega.

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tibbiy-ijtimoiy yordam sifatini oshirish, reabilitatsiya xizmatlarini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Qator shifoxona va maxsus markazlarda reabilitatsiya, davolash, protez-ortopediya xizmati, psixo-logopedik ko‘mak kabi xizmatlar yildan-yilga rivojlanmoqda.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ham imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarni yaxshilash, profilaktika ishlarini kuchaytirish va ularning hayot sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Ushbu kunda barchamizni jamiyatda insoniylik, hamdardlik va hamjihatlik kabi qadriyatlarni yana bir bor ulug‘lashga chaqiramiz. Imkoniyati cheklangan insonlarni qo‘llab-quvvatlash — barchamizning umumiy burchimizdir. 
3-12-2025, 11:37
Sahifaga qaytish