XONQA TUMANIDA YOSHLAR O‘RTASIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TARG‘IB QILISHGA QARATILGAN TADBIR O‘TKAZILDI



XONQA TUMANIDA YOSHLAR O‘RTASIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TARG‘IB QILISHGA QARATILGAN TADBIR O‘TKAZILDI
Bugun, 15-oktabr kuni Xonqa tumanidagi IT parkida Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir doirasida Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi Salomatlik markazi xodimlari tomonidan “Sog‘lom ovqatlanish” mavzusida ko‘rgazmali stol tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarga sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillari, kunlik ovqatlanish tartibiga rioya qilish, zararli odatlardan voz kechish hamda jismoniy faollikni oshirishning salomatlik uchun ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, turli kasalliklarning oldini olish va salomatlikni asrash borasida zarur tavsiyalar berilib, sog‘lom hayot tarziga amal qilishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Bunday targ‘ibot tadbirlari yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda sog‘lom avlodni voyaga yetkazishga xizmat qiladi.
Sog‘lom turmush tarzi — sog‘lom kelajak garovi!
