XONQA TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDA O‘ZBEK TILINING NUFUZINI OSHIRISHGA QARATILGAN SEMINARLAR TASHKIL ETILMOQDA



XONQA TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDA O‘ZBEK TILINING NUFUZINI OSHIRISHGA QARATILGAN SEMINARLAR TASHKIL ETILMOQDA

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-son qarori hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Xonqa tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli bo‘lim va muassasalarda 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va seminarlar tashkil etilmoqda.
           Mazkur seminarlar tibbiy atamalarni o‘zbek tilida to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash, ilmiy matnlar hamda tibbiy hujjatlarni davlat tilida savodli yuritish, ish yuritish jarayonida adabiy til me’yorlariga rioya etish masalalariga bag‘ishlanmoqda.
Tadbirlar davomida tibbiyot xodimlarining davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tibbiy hujjatlarni imloviy va uslubiy jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirish, o‘zbek tilining tibbiyot sohasidagi mavqeyini yanada mustahkamlash yuzasidan fikr va mulohazalar almashilmoqda.
         Bunday tadbirlar tibbiyot muassasalarida davlat tiliga bo‘lgan hurmatni kuchaytirish, xodimlarning nutq madaniyatini yuksaltirish hamda o‘zbek tilining rasmiy va kasbiy muloqotdagi qo‘llanilish sifatini oshirishga xizmat qiladi.
       Xonqa tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli bo‘lim va muassasalarda davlat tilini rivojlantirish, uning nufuzini oshirish hamda ish yuritishda o‘zbek tilidan to‘g‘ri foydalanish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

15-10-2026, 17:40
Ko'rishlar: 14
Sahifani chop etish