«Umid» aksiyasi doirasida amaliy yordam ko‘rsatildi




«Umid» aksiyasi doirasida amaliy yordam ko‘rsatildi
    

O‘zLiDePning «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan «Umid» aksiyasi aholining, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash va aniq amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan.

Aksiya doirasida Xonqa tumani Paxtagul mahallasida yashovchi yolg‘iz ayol E.Bekmetovaning salomatligi bilan bog‘liq muammolari o‘rganildi. O‘rganishlar davomida unda bachadon saratoni kasalligi aniqlangani hamda zarur jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun imkoniyatlari cheklangani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zLiDeP Xonqa tuman Kengashi apparat rahbari M. Erimov, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Sultonova hamda tuman tibbiyot birlashmasi davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari X.Ro‘ziboyev hamkorligida E.Bekmetovaga zarur tibbiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatish choralari ko‘rildi. Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida E.Bekmetovaga zarur jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. 

Ayni paytda uning davolanish jarayoni mas’ullar tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, salomatligini tiklash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan zarur ko‘mak ko‘rsatib borilmoqda.

Aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularning yechimiga amaliy ko‘mak berish va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash O‘zLiDePning «Xalq bilan birga» tamoyili asosidagi amaliy faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan 
15-09-2026, 18:30
Ko'rishlar: 28
Sahifani chop etish