“Aholi orasida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish” mavzusida seminar


Xonqa tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida maktab shifokorlari va hamshiralari o‘rtasida “Aholi orasida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish” mavzusida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi. Seminarda tumandagi barcha umumta’lim o‘rta maktabi hamshiralari qatnashdi. KTMP kardiolog shifokori S. Raximberganov, nevrapotolog Sh.Matniyozov, salomatlik bo‘limi shifokori E. Yusupovlar tomonidan mavzu bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Seminar so‘ngida qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob berdilar. Tumandagi maktablarda o‘qituvchilar o‘rtasida shu mavzudagi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish uchun maktab hamshiralariga buklet va targ‘ibot materiallari elektron shaklda berildi.
