Xonqa tuman tibbiyot birlashmasida “Yilning eng yaxshi hamshirasi – 2026” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.




Xonqa tuman tibbiyot birlashmasida “Yilning eng yaxshi hamshirasi – 2026” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
2026 yil 26 mart kuni Xonqa tuman tibbiyot birlashmasida tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan hamshiralarning kasbiy mahoratini oshirish, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida “Yilning eng yaxshi hamshirasi – 2026” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Mazkur tanlovda tuman tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan malakali hamshiralar ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Ishtirokchilar nazariy savollar, amaliy topshiriqlar hamda kasbiy mahoratga oid shartlar asosida baholandi.
Tanlov jarayoni adolatli va shaffof tarzda tashkil etildi. Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning kasbiy bilim darajasi, bemorlar bilan muloqot madaniyati, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati va amaliy ko‘nikmalari alohida e’tibor bilan baholandi.
Yakunda eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar g‘olib deb topilib, tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Ushbu ko‘rik-tanlov tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyatini yanada oshirish, soha nufuzini yuksaltirish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
