Sil kasalliklarining oldini olish va davolash bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi



 Sil kasalliklarining oldini olish va davolash bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

            O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga qarashli “Chimgan” bolalar silga qarshi kurashish sihatgohidan tashrif buyurgan malakali shifokor-mutaxassislar hamda Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokorlari hamkorligida aholi o‘rtasida keng qamrovli tibbiy-targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

               Tadbir davomida sil kasalligining noaktiv shakllari aniqlangan bemorlarni qabul qilish, ularni samarali davolash chora-tadbirlari, shuningdek, kasallikning qayta kuchayishining oldini olish bo‘yicha mavsumiy profilaktika ishlari amalga oshirildi.

Shu bilan birga, fuqarolarga sil kasalligining kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari, dastlabki belgilari va uni erta aniqlashning ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Mutaxassislar tomonidan aholiga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, sog‘lom turmush tarzini yuritish, muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishning muhimligi ta’kidlandi.

             Tadbir doirasida nafaqat sil, balki boshqa yuqumli va surunkali kasalliklarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash va davolash bo‘yicha ham amaliy tavsiyalar berildi.

            Mazkur tadbir aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va samarali davolashni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


 

 


18-03-2026, 18:26
Ko'rishlar: 51
Sahifani chop etish