Oʻzbekiston XDP Xonqa tuman Kengashi va tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida tibbiy ko'rik



🔷Oʻzbekiston XDP Xonqa tuman Kengashi va tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida bugun tuman 46-son oilaviy poliklinikaning “Xonqaobod” filialida 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir” shiori ostida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
🔷Tadbirda Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashi deputati, partiya tuman Kengashi raisi F.Vaisov hamda tuman partiya Kengashi ijrochi kotibi B.Maxmudov ishtirok etib, yaqinlashib kelayotgan bayram munosabati bilan xotin-qizlarni samimiy muborakbod etdilar.
🔷So‘zga chiqqanlar tomonidan xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk avlodni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, “Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi”, degan ezgu g‘oyaning hayotimizdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
