Orolbo’yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy markazi mutaxassislari tashrifi




       2025-yil 7-noyabr kuni Orolbo’yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy markazida “Viloyatda aholiga ko’rsatilayotgan kardiologik xizmat, sohada mavjud muammolar va aniqlanayotgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf qilish chor-tadbirlari to’g’risida” o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan,bugun Orol bo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori A.Sagirov va markazning mutaxassis xodimlarining Xonqa tumani tibbiyot birlashmasiga tashrifi qabul qilindi.Tashrif davomida tuman tibbiyot birlashmasida kardiologiya va endokrinologiya yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlarni monitoring qilindi.Monitoringda sohalar kesimida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar hamda mavjud muammolarni bartaraf qilish, shuningdek amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab, amaliy yordam berilishi ta’minlandi.O'tkazilgan seminarda tibbiyot birlashmasi rahbari, barcha o‘rinbosarlari, bo‘lim mudirlari, oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punkti mudirlari, barcha kardiologlar, terapevtlar, statistlar ishtirok etdi.
16-12-2025, 18:23
Ko'rishlar: 78
Sahifani chop etish