To‘liq dezinfeksiya ishlari olib borildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazm viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida taraqanlar bazm qilayaptimi?” mazmunida xabarlar tarqaldi.

Mazkur xabarda keltirilgan holat viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganildi. Shifoxonada dezinseksiya va dezinfeksiya ishlari homiylar ko‘magida hamda amaldagi shartnoma asosida rejaviy tarzda amalga oshirib kelinmoqda.

2025 yil 28 noyabr kuni muassasada to‘liq dezinseksiya ishlari olib borildi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan 2025 yil 6–7–8 dekabr kunlari shifoxonaga bemorlarni qabul qilish vaqtincha to‘xtatilib, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya ishlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ushbu davrda infeksion kasalliklarga chalingan bemorlar eng yaqin Xonqa tuman tibbiyot birlashmasiga yo‘naltiriladi.

Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati 
2-12-2025, 11:39
Ko'rishlar: 40
Sahifani chop etish